Bugun, 4-avgust kuni dollar kursi 103,87 so‘mga pasayib, 12 621,29 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 88,57 so‘mga oshib, 14 596,52 so‘mni, rubl esa 0,21 so‘mga pasayib, 158,44 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi iyul oyida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.