Time jurnali 2025-yil uchun eng yaxshi ixtirolar ro‘yxatini taqdim qildi. Jurnal so‘nggi bir yil davomida ixtiro qilingan 300 ta kashfiyotni ommaga ma’lum qildi.
Ixtirolar asosan Go‘zallik, Robototexnika, Salomatlik, Sun’iy intellekt, Oziq-ovqat va boshqa bir qancha sohalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Kashfiyotlar sohaga ta’siri, samaradorligi hamda bir necha mezonlar bo‘yicha baholanadi.
AST SpaceMobile BlueBird
AST SpaceMobile kompaniyasining BlueBird sun’iy yo‘ldoshlari orbitada joylashgan bo‘lib, yuqori 120 Mbps gacha tezlikda internet tarqatishni maqsad qilgan. Bu internet yaxshi bo‘lmagan hududlarda internet aloqa imkoniyatlarini kengaytiradi.
FireSat — erta yong‘in aniqlash tizimi
FireSat — bu Earth Fire Alliance, Muon Space va Google Research hamkorligida ishlab chiqilgan...