O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi – 2026 saralash bosqichining so‘nggi guruh bahsida Qirg‘iziston jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
Garchi o‘zbekistonlik futbolchilar oxirigacha kurash olib borgan bo‘lsalar-da, tanaffusdan keyingi hujumlarda imkoniyatlarini golga aylantira olishmadi.
Uchrashuv teng kurash ostida boshlandi. Har ikki jamoa markaz uchun faol kurash olib bordi. Hisobni 35-daqiqada mehmonlar ochishdi — Sumaya Maxammadsaliyeva qanotdan o‘tib, jarima maydonchasidan aniq zarba berdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida O‘zbekiston jamoasi hujumga o‘tdi, biroq 49-daqiqada Akmaral Sayakbayeva raqib himoyasidagi xatodan foydalanib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.
52-daqiqada Shaxzoda Alixonova burchak to‘pidan keyingi kuchli zarbasi bilan farqni qisqartirdi. Qolgan...