Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Melonining Samarqanddagi uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi uch baravarga oshgan. Qo‘shma korxonalar soni esa ikki baravarga ko‘paygan.
Italiya tomoni o‘zbek eksportyorlarini Yevropa bozorlariga chiqish bo‘yicha tayyorlashga tayyorligini bildirdi. Mirziyoyev esa Italiya kompaniyalari bilan texnologik sheriklik dasturini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
Shu bilan birga, Toshkent yaqinidagi sanoat zonalarida elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek...