Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya yakuniga yetgach, jamoat transporti qatnovi qayta tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, rekonstruksiya yakuniga yetgach quyidagilar amalga oshirilishi kutilmoqda:
10 ta yo‘lakdan 6 tasi avtomobillar, 2 tasi avtobuslarga qolgan 2 tasi to‘xtash joylari uchun ajratiladi; 11 ta avtobus bekati va 500 ga yaqin to‘xtash joyi tashkil qilinadi; velosiped yo‘laklari hamda 21 ta piyoda va velosiped o‘tish joyi barpo etiladi; avtobus qatnovi 40 foizga, yo‘lovchilar oqimi esa ikki barobarga oshadi; qatnov vaqti 25 daqiqadan 18 daqiqaga qisqaradi, tezlik 18,5 km/soatdan 23,6 km/soatgacha ko‘tariladi; avtobuslar harakati oraliq intervali 7 daqiqagacha kamayadi...