Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Asosiy tashabbuslar
Davlat rahbari global beqarorlik sharoitida MDH o‘zini barqaror va zarur muloqot maydoni sifatida namoyon etayotganini ta’kidladi va hamkorlikni amaliy yo‘nalishlarda chuqurlashtirish zarurligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev, xususan:
barcha transport turlari bilan integratsiyalashgan axborot-logistika markazlarini yaratish va transport sohasida davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha MDH mamlakatlari konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi; maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish uchun «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish hamda MDH...