10-oktabr kuni O‘zbekiston hududida havo harorati kechasi 5–15 daraja iliq, kunduzi esa 22–30 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
10-oktabr kuni O‘zbekiston hududida havo harorati kechasi 5–15 daraja iliq, kunduzi esa 22–30 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi, oradan 10 daqiqa o‘tib Hojimat Erkinov ikkinchi golni urdi. Shu tariqa Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa ilk o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston futbolchilari butun o‘yin davomida tashabbusni o‘z qo‘lida ushlab, raqibga deyarli imkon qoldirishmadi.
Uchrashuv 90+3-daqiqada yakunlandi va terma jamoa muxlislari uchun ishonchli g‘alaba bilan esda qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro Kuvaytga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etgani haqida yozgan edik.
Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ikkinchi sammitda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezident o‘z chiqishida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni sammitni yuqori darajada tashkil etgani uchun minnatdorlik bilan tabrikladi hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan mintaqaviy strategik sheriklikni mustahkamlashga e’tibor qaratdi.
Prezident Rossiyaning O‘zbekiston uchun muhim strategik sherik va ittifoqchi ekanini ta’kidlab, tarixiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarning mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi. U jahon iqtisodiyotidagi inqiroz holatlari va geosiyosiy ziddiyatlar fonida mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash uchun «Markaziy Osiyo – Rossiya» formati doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini...
Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning bevosita ko‘magida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, Misr, Qatar va Turkiyaning muvofiqlashtirilgan harakatlari hamda ularning bu jarayondagi muhim roli yuqori baholangan. Bu sa’y-harakatlar zo‘ravonlikni to‘xtatish, gumanitar inqirozni yengillashtirish va siyosiy muloqotni tiklash uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
O‘zbekiston har doim xalqaro huquq me’yorlari va BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari asosida Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
TIV bayonotida o‘t ochishni to‘xtatish vaqtinchalik choradan iborat emas, balki uzoq muddatli siyosiy yechim sari tashlangan muhim...
Dushanbe shahrida Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Rahmonni MDHga raislik faoliyatining samarali bo‘lgani bilan tabriklab, bo‘lajak «Markaziy Osiyo – Rossiya» uchrashuvi va MDH sammitiga muvaffaqiyat tiladi.
Muloqotda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar savdo, transport va aviaqatnovlar hajmining ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Prezidentlar o‘zaro savdoni kengaytirish, sanoat, energetika hamda qishloq xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv va hududlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida...
Sankt-Peterburgda o‘tgan Xalqaro gaz forumida «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Rossiyadan Qozog‘istonga yangi magistral gaz quvuri qurilishi bo‘yicha memorandum imzolanganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, loyiha Qozog‘iston poytaxti — Ostona va respublikaning shimoliy hamda sharqiy hududlarini gazlashtirishga qaratilgan.
Millerning so‘zlariga ko‘ra, ushbu memorandum mamlakat ichki energiya infratuzilmasini kengaytirish va aholini tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, bu hamkorlik kelajakda Markaziy Osiyo davlatlariga – O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradi.
Qozog‘istonning birinchi vitse-premyeri Roman Sklyar yangi quvur uzoq va sovuq mintaqalardagi gaz yetishmovchiligini bartaraf etishga xizmat qilishini aytdi. Loyiha yo‘nalishi...
Oliy Majlisda ko‘rib chiqilayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda har bir shaxsni tasvirga olish va uning suratidan foydalanish uchun rozilik olish majburiy tartibda belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma’lum qildi.
Loyihada voyaga yetmagan, ya’ni 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tasviri faqat ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan olinishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Bu orqali bolalarning ruxsatisiz ularning surat yoki videotasvirlaridan foydalanish holatlarining oldi olinadi.
Shuningdek, jamoat joylarida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan bo‘lsa, bu haqda fuqarolarni ogohlantiruvchi belgi ko‘rinadigan joyda joylashtirilishi shart bo‘ladi. Qonunda videokuzatuv kameralarini kiyinish xonalari, hojatxonalar va boshqa shaxsiy hayot daxlsizligini buzuvchi joylarda o‘rnatish qat’iyan man...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi huzurida «Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu jamg‘arma yoshlarning ekologik g‘oyalarini amalga oshirish, atrof-muhitni asrash va «yashil» texnologiyalarni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari yoshlarda tabiatga mehr uyg‘otish va ekologik loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, chiqindilarni qayta ishlash hamda toza energiya manbalaridan foydalanish kabi tashabbuslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, daraxt ekish va parvarishlash kabi ekologik loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Mablag‘lardan tasdiqlangan daromad va xarajatlar smetasi asosida foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Sun’iy intellektni rivojlantirish alyansi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkaiga topshirildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi.
U bu mukofotga «apokaliptik dahshat sharoitida ham san’at kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonarli va bashoratli ijodi uchun» sazovor bo‘ldi.
Qo‘mita uni Kafkadan va Tomas Bernharddan meros bo‘lgan Markaziy Yevropa adabiy an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi sifatida ta’rifladi.
Krasnaxorkai 1985-yilda nashr etilgan «Shayton raqsi» (Sátántangó) romani orqali mashhurlikka erishgan. Uning boshqa taniqli asarlari qatorida «Qarshilik melanxoliyasi» (Az ellenállás melankóliája) va «Urush va urush» (Háború és háború) romanlari bor. 2015-yilda u Xalqaro Buker mukofotini ham qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti 10-oktabrda...
Uzbekistan Airways joriy yil 27-oktabrdan boshlab Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berdi.
Parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalar narxi:
Bir tomonga — 2,7 mln so‘mdan; Ikki tomonga — 5 mln so‘mdan.Shu bilan birga, aviakompaniya yangi reys yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan to‘rt kishidan to‘qqiz kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun maxsus A4PAX tarifini taklif qilmoqda. Chiptalarni 10 – 17-oktabr kunlari xarid qilish mumkin, parvozlar esa 27-oktabrdan 27-noyabrgacha davom etadi.
Mazkur aksiya faqat Andijon – Istanbul – Andijon yo‘nalishiga amal qiladi. Bunda...
O‘zbekiston yo‘llarida har kuni uchratish mumkin bo‘lgan Chevrolet Cobalt ancha yillardan beri ishlab chiqarilmoqda va bugungi kunda eng ommabop sedanlardan biri sanaladi. Arzon narx, yoqilg‘i tejamkorligi va ishonchliligi tufayli u nafaqat oilaviy foydalanuvchilar, balki taksi haydovchilari orasida ham keng tarqalgan. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Cobalt’ning afzalliklari va kamchiliklari, model haqida fikrlar tahlil qilinadi.
Ishonchlilik va xizmat qulayligi
Salonda qulaylik va joy kengligi
Cobalt o‘zining sodda, ammo mustahkam konstruksiyasi bilan ajralib turadi. 1,5 litrli...
Tesla tarixda birinchi marta avtomobil savdosi boʻyicha Mercedes-Benzʼdan oʻzib ketdi.
Unga ko‘ra, 2025-yilning uchinchi choragida Tesla 497 mingta avtomobil sotdi. Shu tariqa 441 mingta mashina sotgan Mercedes-Benzʼni ortda qoldirdi. Tesla savdolari 12,6 foizga oshgan boʻlsa, Mercedes koʻrsatkichlari 12,3 foizga kamaygan.
Mutaxassislar bu natijani AQShdagi soliq imtiyozi bilan bogʻlashmoqda. 1-oktabrgacha amal qilgan $7,5 minglik chegirma Model Y va Model 3 avtomobillariga talabni oshirdi.
Mercedes esa elektr avtomobillar segmentida kutilgan oʻsishga erisha olmadi. Kompaniya atigi 42,6 mingta elektromobil sotgan, umumiy savdolar esa 12 foizga kamaygan.
Lekin Teslaʼning yutugʻi hamma bozorlarda bir xil emas. Yevropada, xususan, Germaniyada, sotuvlar ikki baravar kamaygan. Ekspertlar...
Turkiy davlatlar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti Marat Omarov uchrashuvida muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda futbol tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, yangi infratuzilma loyihalari, futbol ta’limi va akademiyalar faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat rahbari tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida turnir o‘tkazish masalasi muhokama qilinayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, Irmatov futbol boshqaruvida tizimli yondashuv kuchaygani, Hakamlar akademiyasi va markazlashgan VAR tizimi yo‘lga qo‘yilgani, futbol sohasida raqamlashtirish ishlari kengaygani haqida so‘z yuritdi.
Qozog‘iston tomoni o‘z mamlakatida futbol infratuzilmasini modernizatsiya qilish, klublarni xususiylashtirish va «Atletiko Madrid» akademiyasini ochish...
Misr kompaniyasi O‘zbekistonda kosmetika ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasida Misrning Luna Group Pharmaceutical kompaniyasi direktori Jorj Amin Maykl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tibbiy kosmetika vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kompaniyaning O‘zbekistonda filialini ochish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Misr tomoniga mintaqaning eksport imkoniyatlari va bozor salohiyati haqida ma’lumot berilgan. Kompaniya direktori esa bu masalalarni o‘zbek sheriklar bilan muhokama qilishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, kompaniyaga joriy yilda Toshkentda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etish taklifi berildi.
Avvalroq vazirlik soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgandi...
Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikistonga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Dushanbe xalqaro aeroportida uni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Davlat rahbarining tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Rossiya» formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Dushanbega jo‘nab ketgani haqida yozgan edi.
10-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 123,38 so‘m (+51,35 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 3-oktabrda dollar 15,62 so‘m oshib, 12099,72 so‘mga teng bo‘ldi. 6-oktabr kuni 12 060,48 so‘m (-39,24 so‘m) etib belgilandi. 7-oktabr kuni dollar 12 022,90 so‘mga (-37,58 so‘m) tenglashdi. 8-oktabr kuni AQSh valyutasi 15,78 so‘m oshib, 12 038,68 so‘m etib belgilandi. 9-oktabr 12 072 03 so‘m (+33,35 so‘m) etib belgilandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 77,81 so‘mga oshib, 14 094,64 so‘mni, rubl esa 1,18 so‘mga oshib, 149,19 so‘mni tashkil...
Hukumat qaroriga muvofiq O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha davom etadi. Ro‘yxatga olishning boshlanish sanasi 2026-yil 15-yanvar soat 00:00 etib belgilangan. Umumiy davomiyligi 45 kunni tashkil etadi.
So‘rov jarayonida faqat ro‘yxatga olish sanasigacha bo‘lgan ma’lumotlar inobatga olinadi. Shu bois 2026-yil 15-yanvardan keyin tug‘ilgan bolalar ro‘yxatga kiritilmaydi, biroq bu sanadan keyin vafot etgan shaxslar hisobga olinadi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda quyidagilar hisobga olinmaydi:
bir yildan ortiq muddatda chet elda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari; mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy elchixonalar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari...Hukumat qarori bilan yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish xarajatlarini qisman qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2+6 dasturi doirasida xorijiy til bo‘yicha minimal darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar dastlabki ikki oy uchun o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘laydi. Keyingi olti oy davomida esa bu xarajatlarning bir qismi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya tarzida qoplanadi.
Subsidiyalar hududlar bo‘yicha quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravarigacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha, tuman va shaharlarda – BHMning 1 baravarigacha.Shuningdek, 2025 – 2026-yillarda 20 ming...
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan Dushanbega jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida davlat rahbari 9 – 10-oktabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti hamda MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Kun tartibida mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va ko‘p tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida yozgan edi.
Xitoyning IQOO kompaniyasi IQOO 15 smartfonini 20-oktabr kuni Shenchjenda taqdim etadi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Qurilma dunyo bo‘yicha esa dekabr oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi va OriginOS 6 tizimiga ega bo‘ladi. Unda 6,85 dyuymli 2K displey 144 Hz yangilanish chastotasi bilan, IP68/IP69 darajadagi himoya va rang o‘zgartiruvchi korpus mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, IQOO 15’ga Q3 o‘yin chipi, simsiz zaryadlash hamda to‘rt xil rangdagi variantlar taqdim etiladi. Kompaniya ta’kidlashicha, bu model o‘zining unumdorligi va dizayni bilan ommalashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 190 dollarlik Realme 15x smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.
Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimligi bosh yuriskonsulti ustidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
U Eyvalek mahallasida joylashgan hokimlik balansida bo‘lgan xonadonga egalik huquqini tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga $1,5 ming olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu bosh yuriskonsult avval ham bir necha bor sudlangan bo‘lsa-da, bundan tegishli xulosa chiqarmagan. Hozirgi kunda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi o‘rinbosari va viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi mutaxassisining noqonuniy boylik orttirish maqsadida fermerdan pora olgani aniqlangandi. Hozirda har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat...
Toshkent viloyatida Siam egizaklar noyob operatsiya orqali ajratib olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Chirchiq shahridagi respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Homiladorlikning 33 – 34-haftasida kesarcha kesish yo‘li bilan muddatidan oldin tug‘ilgan Siam egizaklar tug‘uruqdan to‘qqiz soat o‘tib, shoshilinch tarzda murakkab jarrohlik amaliyoti orqali ajratib olindi.
Besh soat davom etgan operatsiyani respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal jarrohlik markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi amalga oshirdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov chaqaloqlarning ahvoli bilan tanishib, bu kabi murakkab amaliyotlar hatto tibbiyoti rivojlangan...
Realme kompaniyasi tomonidan Realme GT 8 Pro smartfoni rejalashtirilgan muddatdan oldin taqdim etiladi. Bu haqda 91mobiles xabar bermoqda. Qaror OnePlus 15’ning 13-noyabr kuni global taqdimoti bilan bog‘liq.
Dastlab Realme 18 – 20-noyabr oralig‘ida premyera o‘tkazishni rejalashtirgan edi, ammo endi GT 8 Pro 11-noyabr kuni namoyish etilishi kutilmoqda.
Yangi model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi. Qurilma GT Boost 3.0 texnologiyasini, 16 GB operativ xotirani, 6,78 dyuymli 2K 144 Hz displeyni va 7 000 mA·soat sig‘imli batareyani oladi. Asosiy e’tibor esa kameraga qaratilgan. Realme ushbu model uchun yapon ishlab chiqaruvchisi Ricoh bilan to‘rt yil davom etgan hamkorlik asosida maxsus...
Qo‘qon — Andijon poyezdlarining qatnov yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Boburshoh ko‘chasidagi ko‘prik qurilishi munosabati bilan 2025-yil 9-oktabr soat 11:00 dan 9-noyabr soat 11:00 gacha «Andijon-1» stansiyasining ayrim yo‘llari yopiladi.
Shu sababli Qo‘qon – Namangan – Andijon yo‘nalishidagi 6391 va 6392-sonli poyezdlar vaqtincha faqat «Andijon-2» stansiyasigacha qatnaydi.
Poyezdlar jadvali:
6391: Qo‘qon – 05:05 | Andijon–2 – 10:06; 6392: Andijon–2 – 14:17 | Qo‘qon – 20:06;Avvalroq Urganch – Nukus yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. «Urganch – Nukus – Urganch» shaharlararo poyezdi har kuni qatnaydi. Jadvalga ko‘ra, 6354-sonli «Nukus...