Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona Ciel Dubai Marina ochildi. Bu haqda amirlikning The National news nashri ma’lum qildi.
Mehmonxona balandligi 377 metr bo‘lib, bu Dubaydagi mashhur 356 metrlik Gevora Hoteldan oshadi. 82 qavatli mehmonxonada 1004 xona mavjud. Shu bilan birga, mehmonxonaning 76-qavatida Tattu Sky nomli dunyodagi eng baland panoramik basseyn ochildi. 81-qavatda esa mehmonlar uchun terassa va lounge zonasi tashkil etilgan.
Besh yulduzli mehmonxonani qurish taxminan $540 mlnga tushdi va buning uchun besh yil vaqt ketgan. Hozirgi kunda dunyodagi eng baland o‘n mehmonxonadan olti tasi Dubayda joylashgan.
Ma’lumot uchun, BAA 150 metr balandlikdagi osmono‘par binolar bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga...