Mashhur MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada uzoq yillar yashash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Chexiyaning Aktuálně.cz nashri ma’lum qildi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u jinoiy muhit bilan aloqalari tufayli davlat uchun xavfli shaxs deb topilgan.
Mahmud Murodov 2011-yilda Chexiyaga kelgan edi. U oʻqish uchun kelgan, ammo ikkinchi yiliyoq MMA janglari orasida mashhurlikka erishib, janglarda ishtirok etishni boshlagan. So‘nggi paytlarda u Chexiyadagi eng nufuzli o‘yinni tashkil etuvchi Oktagon tashkiloti bilan hamkorlik qilayotgan edi.
Ichki ishlar vazirligi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash milliy shtabining maxfiy hisoboti asosida qaror qabul qildi. Unga koʻra, Murodov Bolqon uyushgan jinoyatchilik guruhi aʼzolari bilan uzoq muddatli...