Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatidagi rivojlanish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida ishlab chiqarish hajmi 16,3% o‘sib, 34 trln so‘mga, eksport esa $970 mlnga yetdi.
Sohada yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, misni chuqur qayta ishlash va eksportni diversifikatsiya qilish dolzarb vazifa. Shu maqsadda mis xaridida chegirmalar, kredit foizlarining bir qismini qoplash, soliq va bojxona yengilliklari taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 250 ming tonnaga, 2030-yilga borib 500 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Yangi loyihalar asosida serverlar, sanoat elektronikalari, konditsionerlar, quyosh panellari...