Xorijning bir nechta yirik nashrlari Tom Kruz va Ana de Armasning to‘yi noodatiy bo‘lishi mumkinligini yozmoqda. Aktyor va modelning kosmosda bo‘ladi degan taxminlar ham shular jumlasidan.
Manbaga ko‘ra, Tom va Ana o‘z to‘ylarini hayratomuz va jasoratli sarguzasht tarzida o‘tkazishni xohlashmoqda. Ularning fikricha, bu ularni birlashtirgan narsa ham aynan shunday jasoratli g‘oyalar bo‘lgan. Tom Kruz hatto osmondan sakrab nikoh marosimini o‘tkazish yoki kosmosda turmush qurish variantlarini ham o‘ylab ko‘rgan.
Ayni paytda ular hali rasmiy unashtirilmagan, biroq to‘y bo‘yicha faol rejalashtirish jarayonida.
Tom Kruz (63 yosh) va Ana de Armas (37 yosh) o‘rtasidagi munosabat iyul oyida Vermontdagi sayohat chog‘ida ularning qo‘l...