Tijorat banklari 2-noyabr, payshanba kuni AQSh dollari 12 300 so‘mdan sotilib, yangi rekord darajaga ko‘tarildi.
Aksariyat muassasalarda dollar 12 310 so‘mdan sotilmoqda – bir kungidan 15-20 so‘mga qimmatroq. Sotib olish stavkasi 12 190 so‘mdan 12 240 so‘mgacha.
Eng arzon dollar «Hayot» va «Oktobank»da – har biri 12 270 so‘mdan. Eng qulay xarid kursi «O‘zsanoatqurilishbank» va Biznisni rivojlantirish bankidan taklif qilinmoqda – 12 245 so‘m.
Bir kun avval Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 12 249 so‘m etib belgilagan. Savdo kunida esa dollar 14 so‘m 58 tiyinga qimmatlashdi.
10-avgust kuni Amerika valyutasi 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning...