Polsha hukumati vakillari va faxriylar delegatsiyasi Markaziy Osiyoga — Qozog‘iston va O‘zbekistonga — Ikkinchi jahon urushi davrida sodir bo‘lgan sovet deportatsiyalari qurbonlarini yod etish maqsadida tashrif buyurdi.
Bu yil Polsha xalqining tarixidagi og‘ir sahifalardan biri — Stalin davridagi majburiy deportatsiyalar boshlanganiga 85 yil to‘ldi. Aynan shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan xotira tadbirlari yuz minglab polyaklarning SSSRning ichki hududlariga zo‘rlik bilan olib ketilgan fojiali taqdirini esga olishga qaratilgan.
Delegatsiya tarkibiga Polsha Faxriylar va repressiyaga uchragan shaxslar ishlari boshqarmasi vakillari, Sibirliklar bosh ittifoqi a’zolari hamda deportatsiyani o‘z boshidan kechirgan 40 nafar kishi kirgan. Ular orasida surgunda tug‘ilgan Adam Mitelshteyd ham bor. U...