«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 26-sentabrdan 3-oktabrgacha bo‘lgan davrda turli dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,49 foizga o‘sdi.
Ushbu davrda yuqori likvidli aksiyalar ro‘yxatida biroz o‘zgarish yuz berdi. «Turonbank» va «Qo‘qon mexanika zavodi» aksiyalari olib tashlandi. O‘z navbatida, ro‘yxatga «O‘zsanoatqurilishbank», «Biznesni rivojlantirish banki», «Trastbank», «Garant bank», «Dori-Darmon», «Qashqadaryo texnologik transport» va «UzAuto Motors» aksiyalari qo‘shildi.
O‘tgan hafta mobaynida «Hamkorbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 16,48 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Biznesni rivojlantirish banki» (+11,42%) va «O‘zsanoatqurilishbank» (+7,58%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
Biroq «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari 16,08 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi...