Jizzaxda $400 millionlik O‘zbekiston – Xitoy innovatsion markazi quriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Davlat rahbarining Xitoyga tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Unga ko‘ra, vazir avval China Broad Future Tobacco International Import and Export Trading Co. Ltd kompaniyasi bosh ijrochi direktori Fu Bo bilan uchrashdi. Tomonlar yaqinda imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan fikr almashdi. Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati uch ming tonna bo‘lgan tamaki mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash zavodi qurilishi ko‘rib chiqildi. Loyihaga $150 million miqdorida sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025-yilda...