Markaziy bank iste’molchilarning huquqlarini buzish holatlari aniqlangani sababli bir qator tijorat banklariga jarima sanksiyasi qo‘lladi.
Xususan, olib borilgan tekshiruvlarda TBC bank, «Davr bank» va «Hamkorbank» shartnomalarida qonunchilik talablariga rioya etilmagani, garov huquqlarining kechiktirib reyestrdan chiqarilgani, ortiqcha foizlar hisoblangani va iste’molchilardan qo‘shimcha to‘lovlar olingani ma’lum bo‘ldi.
Natijada Markaziy bank TBC bankka 615 mln so‘m, «Davr bank»ka 931 mln so‘m va «Hamkorbank»ka 955 mln so‘m jarima belgiladi. Shuningdek, banklarga ortiqcha undirilgan milliardlab so‘m mablag‘larni mijozlarga qaytarish vazifasi yuklatildi. Jumladan, ortiqcha hisoblangan foizlar, noqonuniy komissiyalar va garov bilan bog‘liq xizmat haqlari umumiy hisobda o‘nlab milliard so‘mni tashkil qiladi.
Masalan, TBC bank mijozlarga...