O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning yagona tranzit tizimiga qo‘shilish bo‘yicha ishlarni boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda 13-noyabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining bojxona hamkorligi vaziri Ruslan Davidovning O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Mazkur tizimga qo‘shilish bojxona jarayonlarini soddalashtirish, tranzit yuklar va o‘zaro savdo tovarlarining yetkazib berilish tezligini oshirishga yordam beradi.
Uchrashuvda, shuningdek, tovarlar va transportga oid bojxona ma’lumotlari almashinuvi masalasi ko‘rib chiqildi. Bu tashqi savdodagi shaffoflikni oshirish va nazoratni kuchaytirishga xizmat qilishi aytildi.
Ruslan Davidov target-markaz va elektron deklaratsiyalash markazi faoliyati bilan tanishib, nazorat jarayonlari va inspektorlar ishini baholash tizimiga sun’iy intellekt joriy etilganini...