3-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 099,72 so‘m (+15,62 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 25-sentabrda qisqa muddatli o‘sish qayd etilib, 12 219,08 so‘mga ko‘tarildi. 26-sentabrda yana pasayish kuzatilib, dollar 12 199,71 so‘mni tashkil etdi. 29-sentabrda kurs 61,04 so‘mga arzonlashib, 12 138,67 so‘mga tushdi. 30-sentabrda esa pasayish davom etdi va 12 067,76 so‘m qilib belgilandi. 2-oktabrda 12 084,10 so‘m (+16,34 so‘m) etib belgilandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,61 so‘mga oshib, 14 223,22 so‘mni, rubl esa 2,18 so‘mga oshib...