Prezidentning 2025-yil 26-iyundagi Farmoniga muvofiq, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan jami 53 nafar soha vakili – 1 nafari «Xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni, 1 nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, 11 nafari «Do‘stlik» ordeni, 2 nafari II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, 1 nafari «Sog‘lom turmush» medali, 1 nafari «Kelajak bunyodkori» medali va 36 nafari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur mukofotlar soha xodimlarining demokratik islohotlarni yoritishdagi hissasi, axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlash, so‘z erkinligini targ‘ib etish, xalqaro axborot maydonida milliy manfaatlarni himoya qilish, shuningdek, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida...