29-avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimiz va xorijdagi vatandoshlarimizni mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
«Yangi O‘zbekiston g‘oyasi asosida boshlangan islohotlarimiz tufayli har bir yurtdoshimiz mustaqillik berilgan huquq va erkinliklarni hayotida chuqur his qilmoqda. Biz uch ming yillik boy tarix va madaniyatimizni qayta idrok etib, Birinchi va Ikkinchi Renessans an’analari asosida Uchinchi Renessans sari dadil qadamlar qo‘ymoqdamiz», deya ta’kidladi Mirziyoyev.
Davlat rahbari iqtisodiy o‘sish va demografik ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratib, so‘zlarini davom ettirdi: