OpenAI ChatGPT’ga yangi savdo funksiyasini qo‘shdi, u hozircha AQSh foydalanuvchilari uchun mavjud. Bu haqda Vc.ru nashri xabar berdi.
Yangi imkoniyat yordamida xaridorlar Etsy platformasidagi mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri chat orqali xarid qilishlari mumkin.
Shuningdek, yangi Instant Checkout tizimi Agentic Commerce Protocol asosida ishlaydi. Bu sun’iy intellekt yordamida elektron tijorat uchun ishlab chiqilgan ochiq protokol bo‘lib, OpenAI uni Stripe bilan hamkorlikda yaratdi. Xarid qilish jarayoni butunlay ChatGPT ichida amalga oshadi: foydalanuvchi yetkazib berish manzilini tasdiqlaydi, to‘lovni amalga oshiradi va buyurtmani yakunlaydi. Bunda alohida do‘kon sahifasiga o‘tish shart emas.
OpenAI tranzaksiyalar uchun sotuvchilardan komissiya oladi, biroq kompaniya bu to‘lov xaridor narxiga ta’sir...