Xitoyda Geely konserniga qarashli Zeekr brendi tomonidan Zeekr 9X gibrid avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Yangi Zeekr 9X — to‘liq o‘lchamli plug-in gibrid krossover bo‘lib, u 1381 ot kuchi quvvat, ikki kamerali pnevmatik osma va 1250 km CLTC yurish masofasini taklif qiladi.
Modelning boshlang‘ich narxi $64 ming etib belgilangan. Oldindan buyurtmalar ochilgach, atigi bir soat ichida avtomobil 42 mingdan ortiq buyurtmalar to‘plagan.
Zeekr 9X 5239×2029×1819 mm va 3169 mm g‘ildiraklar bazasiga ega. Dizaynda C shaklidagi LED faralar, keng radiator panjarasi va 22 dyuymli disklar ishlatilgan.
Avtomobil beshta LiDAR sensori bilan jihozlangan. Nvidia Thor-U chipi asosidagi G-Pilot...