Xitoyda Chery Fulwin A9L avtomobili taqdim etildi. Bu haqda Autohome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Bu katta o‘lchamdagi mashina bo‘lib, uzunligi 5 metr, g‘ildirak bazasi esa 3 metrga teng. Narxi esa nisbatan arzon – $22,3 mingdan $32 minggacha.
Fulwin A9L o‘lchamlari bo‘yicha Toyota Camry XV80’dan katta, kuchliroq va yaxshiroq jihozlangan.
Modelning ichida sovutkich ham bor. Bazaviy versiyasida 1,5 litrli benzinli dvigatel va 374 ot kuchiga ega elektromotor o‘rnatilgan. Eng yuqori rusumda to‘liq g‘ildirakdan harakatlanadigan tizim va umumiy 639 ot kuchi mavjud.
Mashina 33,67 kVt/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Elektrda 230 km, umumiy yurish zaxirasi esa 2000 km dan ortiq...