Oʻzbekiston Superligasi 23-turidan oʻrin olgan bahsda «Andijon» oʻz maydonida OKMKni qabul qildi va yakunda minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 30-daqiqada Usmonali Ismonaliyev tomonidan kiritildi. Shu tariqa «Andijon» 5 o‘yinlik gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi.
Maʼlumot uchun, Maksim Shatskix shogirdlari ushbu oʻyindan soʻng oʻz ochkolari hisobini 25 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa koʻtarilib oldi. OKMK esa 40 ochko bilan 4-pog‘onada bormoqda.
Qayd etish joiz, «Andijon» 2011-yildan buyon olmaliqliklarni magʻlub eta olmayotgandi. Mirjalol Qosimov esa shu kungacha murabbiy sifatida «Andijon»ga yutqazmagandi.
Foto: «Andijon» matbuot xizmati
Oʻzbekiston Superligasi. 23-tur
«Andijon» — OKMK 1:0
Gol: Usmonali Ismonaliyev (30).
Andijon — Erjan Tokotayev, Abubakr...