Farg‘ona viloyatida hujra sharoitida ruxsatsiz diniy ta’lim berish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Qo‘qon shahrining Sunbula mahallasida faoliyat yuritgan uy bog‘chasida 43 nafar bolaga diniy saboq berib kelingani ma’lum bo‘ldi. Ta’lim uchun har bir o‘quvchidan oyiga 450 ming so‘mdan to‘lov olingan.
Bundan tashqari, Marg‘ilon shahrida ham shunday holatlar qayd etildi. Toshloqtepa mahallasida 2005-yilda tug‘ilgan shaxs boshqa fuqaroga tegishli uyda hujra ochib, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlari va Qo‘shtepa tumanidan kelgan jami 6 nafar bolaga saboq berib kelgan.
Shuningdek, Marg‘ilon shahrining Nurafshon mahallasida 1974-yilda tug‘ilgan shaxs va uning sherigi ham o‘z yashash joyida noqonuniy...