Prezident qarori bilan O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra:
futbol maydonlarini ko‘paytirish va moddiy-texnik bazani xalqaro talablar darajasiga moslashtirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish; iqtidorli futbolchilarni tanlab olish va ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish belgilandi.Shuningdek, «Milliy futbol elektron platformasi» axborot tizimi yaratiladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan boshlab futbol akademiya va maktablaridagi mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda ularning tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish shu tizim orqali amalga oshiriladi.
2026-yil 1-martdan esa futbol o‘yinlariga chipta xaridi shaxsni identifikatsiya qilish va QR-kod texnologiyalaridan foydalangan holda...