Dastlabki 6 oy davomida O‘zbekistonda mikroqarz hamda mikrokredit berish deyarli 50 foizga oshdi. Bu haqdagi maʼlumotlar Markaziy bankning Statistik byulletenida eʼlon qilindi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida umumiy hisobda 26,8 trln so‘mlik mablag‘ mikroqarz hamda mikrokredit sifatida ajratildi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida esa 18,03 trln so’mni tashkil etgan.
2023-yilning birinchi yarim yilligida mikrokredit hamda mikroqarz 2024-yilning mos davriga kelib umumiy hisobda 48,6 foizga o‘sgan.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov 2024-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida mikrokreditlarning o‘sib borayotganini ta’kidlagan edi.
«Ha, mikrokreditlar haqiqatan ham sezilarli darajada o‘sib bormoqda. O‘tgan yili mikrokreditlarning kredit portfelidagi...