Yandex Uzbekistan o‘zbek tilida so‘zlashadigan ikki tilli AI-yordamchi — Alisani aqlli ovoz qurilmalarida ishga tushirdi. Endi foydalanuvchilar Alisadan o‘zbek tilida so‘rashlari mumkin va yordamchi ularga kundalik ishlarida yordam beradi hamda muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi. Suhbat davomida Alisa o‘zbek tilidan rus tiliga va aksincha, erkin o‘ta oladi — foydalanuvchi qaysi tilda murojaat qilsa, shu tilda javob qaytaradi. AI-yordamchisi Yandex Uzbekistan tomonidan yaratilgan yirik til modeli asosida ishlaydi. Modelni tayyorlashda professional muharrirlar va filologlar ishtirok etgan, uni sinovdan o‘tkazishda esa O‘zbekistonning 13 hududidan 300 nafar foydalanuvchi yordam bergan.
Alisani o‘zbek tilida ishlatish uchun Dom s Alisoy ilovasidagi sozlamalarga kirish kerak: «Virtual yordamchi» → «Assistent...