Qarshi tumanida 119 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
eʼlon qilindi
«Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali va huquq-tartibot organlari hamkorligida

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida o‘tkazilgan reyd davomida 119 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «G‘udbin» MFYda yashovchi fuqaroning issiqxonasi ko‘zdan kechirilganda, u loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan rezina shlang orqali ulanib, gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
O‘tkazilgan hisob-kitoblar natijasida 119 mln 665 ming so‘mlik zarar miqdori aniqlanib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat elektr va gaz xarajatlarini kim uchun qoplashi haqida yozgan edik.