Toshkentda ilk bor KHL o‘yini bo‘lib o‘tadi

28-noyabr 2024 12:15 eʼlon qilindi

(28-noyabr 2024 16:04 yangilandi)
post.authors.0.name

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media
Foto: Humo Arena

2024-yil 22-dekabr kuni «Humo Arena»da Toshkent shahrida ilk bor Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) doirasida xalqaro o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvda Minskning «Dinamo» va Moskvaning «Spartak» jamoalari maydonga tushadi. Bu haqda «Humo Arena» matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

KHL World Games – xokkeyni dunyo miqyosida ommalashtirishga qaratilgan loyiha bo‘lib, ilgari Avstriya, Shveytsariya, Estoniya va Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan. Toshkent loyihaning 49-shahri, O‘zbekiston esa xokkey bo‘yicha musobaqalarga mezbonlik qilgan 16-mamlakat sifatida tarixga kiradi.

Minskning «Dinamo» jamoasida tajribali o‘yinchilar va yangi iste’dodlar jam bo‘lgan, jumladan, Olimpiya chempioni Vadim Shipachev hamda Belarus xokkeyining yosh vakillari.

Moskvaning «Spartak» klubi esa kuchli hujum chizig‘i bilan tanilgan. Jamoa tarkibida Pavel Poryadin, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindorlari Nikolay Goldobin va Ivan Morozov kabi o‘yinchilar bor.

Uchrashuv davomida tomoshabinlarni qiziqarli voqealar kutadi:

  • Yosh xokkeychilar uchun mashhur sportchilar tomonidan mahorat darslari.
  • Chempionlar bilan uchrashuv va imzo-sessiyalar.
  • Yuqori darajadagi o‘yinning jonli guvohi bo‘lish imkoniyati.

Mazkur o‘yin O‘zbekistonda xokkey sporti rivoji uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik xokkeychilar ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek