2024-yil oxirida Xitoydagi buklanadigan smartfonlar bozorida Samsung hatto kuchli oltilikka ham kira olmadi. Bu haqida Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Xitoyda buklanadigan telefonlar bozori o‘sishda davom etmoqda. IDC ma’lumotlariga ko‘ra, Huawei 2024-yilda ushbu segmentda yetakchilikni saqlab qoldi. Mate X6 va Mate XT Ultimate kabi telefonlari bilan Huawei bozorda qariyb 50% ulushni egalladi. Honor 20,6% ulush bilan ikkinchi o‘rinni, Vivo esa 11,1% ulush bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Xiaomi X Fold 3 seriyali yordamida 7,4% ulushni qo‘lga kiritdi. Oppo esa, 2024-yilda yangi buklanadigan qurilmalar ishlab chiqarmasdan, bozordan 5,3% ulushni olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Samsung bu reytingda umuman o‘rin ololmadi.
2024-yilda Xitoyda buklanadigan telefonlarning umumiy yetkazib berish hajmi 9,17 million donaga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,8% ko‘pdir. Ammo yilning to‘rtinchi choragida bozorga etkazib berish 9,6% pasayib, 2,5 million donani tashkil etdi. Bu so‘nggi to‘qqiz chorak davomida kuzatilgan barqaror o‘sishdan keyingi birinchi pasayish bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoni rasmiy taqdimotdan bir necha kun oldin namoyish etilgani haqida xabar bergan edi.