
Şveysariyaning Jeneva şahrida şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun kuraşayotgan özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va hindistonlik amaldagi jahon çempioni Dommaraju Gukeş örtasidagi törtinçi partiya durang bilan yakunlandi.
Törtinçi partiyada Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda öynadi. Özbekistonlik grossmeyster debyutda Petrov himoyasini (rus partiyasi) tanladi.
Umumiy hisob 2:2 böldi
Jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning dastlabki törtta partiyasida ham ğolib aniqlanmadi. Hozirda umumiy hisob 2:2 körinişida bölib turibdi.
Jahon çempionati doirasida jami 14 ta klassik partiya ötkazilişi rejalaştirilgan. Birinçi bölib 7,5 oçko jamğargan grossmeyster jahon çempioniga aylanadi. Agar umumiy hisob 7:7 bölsa, ğolib tay-brek orqali aniqlanadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» Bibisora Assaubayevaning onasi Sindarov haqida fikr bildirgani haqida yozgan edi.