Telefonni bojxona orqali qanday olib kirish va UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak – yo‘riqnoma

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Quyida IMEI-koddan o‘tkazish usullari va to‘lov miqdori haqida ham ma’lumotga ega bo‘lasiz
Foto: perig76 / www.depositphotos.com

Endilikda O‘zbekistonga yangi telefon olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishlari shart etib belgilandi. Kursiv Uzbekistan mobil qurilmalarni chetdan qanday olib kirish va IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan telefonlar tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshmasligi lozim. Jumladan, samolyotga kelgan jismoniy shaxslar $2 minggacha, poyezdda kirganlari $1 minggacha, avtomobilda yoki piyoda kirib kelgan shaxslar $300 gacha bo‘lgan qiymatdagi tovarlarni bojsiz olib kirishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga samolyotda kirib kelgan shaxslar ikki donagacha, poyezd avtotransport yoki piyoda kirib kelgan shaxslar esa bir donagacha telefonlarni bojsiz olib kirishlari mumkin.

Bojxona deklaratsiyasini olish va to‘ldirish tartibi

Bojxona deklaratsiyasini piyoda chegara postlarida, shuningdek, aeroport va vokzallarda ishlayotgan bojxona xodimlaridan olish mumkin. Masalan, aeroportlarning kelish zallarida ushbu hujjatni to‘ldirish mumkin bo‘lgan maxsus stendlar o‘rnatilgan.

Qanday transport vositasida kirishlaridan qat’iy nazar jismoniy shaxslar o‘zlari bilan olib kirayotgan telefonlarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi ko‘rsatishlari shart. Ushbu deklaratsiyalar o‘zlari bilan olib kirilayotgan telefonlarni majburiy tarzda UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda zarur bo‘ladi.

Agar olib kirilayotgan telefonlar soni belgilangan normalardan ko‘p bo‘lsa, uni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyada berkitmaslik lozim. Sababi, endilikda belgilangan me’yorlardan ortiqcha olib kelingan telefonlarni bojxona to’lovlari ham, majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari ham UZIMEI tizimi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun Bojxona qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi UZIMEI tizimiga integratsiya qilindi.

Deklaratsiyani qanday to‘ldirish kerak (ko‘chirma)

Agar UZIMEI tizimida olib kelingan telefonlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, telefon qiymatining 30% miqdoridagi bojxona to‘lovini to‘lash talab etiladi. Misol uchun, telefon $1000 qiymatga ega bo‘lsa, bojxona to‘lovi $300 ni tashkil etadi. Shundan so‘ng telefon ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ammo ungacha undan foydalanib bo‘lmaydi.

Telefonlar do‘kondan, savdo rastalari yoki biror kishidan olingan bo‘lsa, qurilmani UZIMEI tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish lozim. Modomiki, telefon ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari uni ishlatayotgan shaxsning zimmasida qolib ketadi. Savollaringiz bo‘lsa, Bojxona qo‘mitasi 1108 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘radi.

Mobil qurilmani UZIMEI ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini qanday bilish mumkin?

Buning uchun qurilmada *#06# kodi teriladi. Ekranda mobil qurilma nechta sim kartani qabul qilsa, shuncha IMEI kodlar paydo bo‘ladi. Odatda, bir yoki ikkita.

So‘ng, UZIMEI tizimining rasmiy saytiga kirib, kodlarni yozish orqali ro‘yxatdan o‘tkazilganligi tekshiriladi. (3-rasm) Ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, bu ekranda namoyon bo‘ladi.

3-rasm/Tekshirish

Agar IMEI-koddan o‘tkazilmagan bo‘lsa, buning uchta usuli mavjud. Birda mobil ilovasi, MyGov yoki UZIMEI operatorlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

  1. Birda mobil ilovasi
4-rasm

2. MyGov veb-sayti yoki mobil ilovasi

5-rasm

3. Yashash hududidagi UZIMEI ro‘yxatdan o‘tkazish nuqtalari

Eng yaqin nuqtalarni ushbu link orqali kirib, shaharni tanlagan holda bilish mumkin. Ushbu nuqtaga pasport, ariza beruvchining nomiga rasmiylashtirilgan abonent raqami, IMEI-kod/kodlar bilan mobil qurilmani taqdim etish orqali anketani to‘ldiriladi.

6-rasm

Mobil qurilmalarni UZIMEI ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, 1170 qisqa raqami orqali 7/24 holatda uch tilda javob olish mumkin.

UZIMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi qancha?

Agar qurilma chetdan olib kelinganidan 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazilsa, har bir qurilma uchun 75 ming so‘m, 30 kundan oshgan taqdirda esa 93,7 ming so‘m miqdordagi to‘lov amalga oshiriladi. To‘lov yuqoridagi ilova va veb-saytlarda onlayn yoki tijorat banklari orqali oflayn tarzda qabul qilinadi.

Bojxona deklaratsiyasini kim to‘ldiradi?

Deklaratsiya 16 yoshga to‘lgan shaxslar tomonidan to‘ldiriladi. Agar shaxs uni to‘ldira olmasa, uni kuzatuvchi shaxs tomonidan to‘ldiriladi. Bu holda uni to‘ldirgan va imzolagan shaxs ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi.

Mazkur hujjat ikki nusxada to‘ldiriladi. Bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa deklaratsiyani to‘ldirgan shaxsga beriladi. Uning blanklari o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi, shaxs o‘zi xohlagan tildagi blankni to‘ldirishi mumkin.

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilishida barcha bandlar aniq va tushunarli to‘ldirilishi zarur. Har bir savolga javob berilishi, kerakli katakchalarga esa «X» belgisini qo‘yish orqali to‘ldirilishi kerak.

Ushbu hujjatning bojxona organi xodimi tomonidan rasmiylashtirilishi jarayonida xato to‘ldirilgan ma’lumotlar tuzatish orqali to‘g‘rilanishi mumkin. Deklaratsiya muhrlanib, imzolanadi va uch yil davomida saqlanadi. Yo‘qotilgan taqdirda qayta tiklanmaydi, ammo bojxona organiga murojaat qilganda, shaxs uning nusxasini olish huquqiga ega bo‘ladi.

IMEI kodni bojxonadan ro‘yxatdan o‘tganligini qanday bilish mumkin?

Foto: Veb-saytdan qirqib olindi

Qo‘mita tomonidan IMEI kodni bojxonadan ro‘yxatdan o‘tganligini bilish uchun yangi interaktiv xizmat turi yaratildi. Foydalanuvchilar ushbu havoladagi saytga IMEI kodni kiritish orqali chetdan olib kelingan telefonning bojxonadan ro‘yxatdan o‘tganlik holati va hujjat raqamini bilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, IMEI-kodini noqonuniy ravishda o‘zgartirganlik uchun jarima belgilangan.  

Shuningdek