Galaxy S25 Ultraga talabi yuqori, sotuvda titan qora va titan oq-kumush ranglari yetakchilik qilmoqda

30-yanvar 2025 12:24 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Samsung

Samsung’ning yangi Galaxy S25 liniyasi orasida eng yuqori talab Galaxy S25 Ultra modeliga bo‘lib, Koreyaning SK Telecom operatori ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilma uchun oldindan berilgan buyurtmalar barcha qurilmalarning 60 – 70 foizini tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich Galaxy S25 va Galaxy S25 Plus modellari bilan solishtirganda sezilarli ustunlikni ko‘rsatadi. Bu haqda ETNews nashri ma’lum qildi.

Galaxy S25 Ultra uchun «titan qora» va «titan oq-kumush» ranglari eng ommabop hisoblanmoqda, Galaxy S25 modelining esa ko‘k va kumush ranglari katta talabga ega.

SK Telecom Galaxy S25 liniyasi bo‘yicha oldindan buyurtma savdolarini baholab, Galaxy S24 liniyasidagi ko‘rsatkichlar bilan deyarli bir xil darajada ekanini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasi suratga olish imkoniyatlarini namoyish etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek