Samsung aqlli soatlariga qon shakarini o‘lchash funksiyasini qo‘shdi

2-fevral 2025 11:57 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Foto: Samsung

Samsung invaziv bo‘lmagan, ya’ni terini teshmasdan qon shakarini uzluksiz o‘lchash texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Forbes nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Samsung’ning raqamli sog‘liqni saqlash bo‘yicha rahbari doktor Hon Pakning so‘zlariga ko‘ra, ushbu innovatsiya diabetning erta belgilarini aniqlash va shaxsiy sog‘liq monitoringini yaxshilash imkonini beradi. Sensor optik texnologiyaga asoslanib, kelajakdagi Galaxy Watch modellari yoki boshqa qurilmalarga integratsiya qilinishi mumkin.

Mutaxassislarning taxminicha, ushbu texnologiya 2025-yilda Galaxy Watch 8 modeli bilan taqdim etilishi ehtimoldan xoli emas. Bu orqali Samsung sog‘liq monitoringini yangi bosqichga olib chiqishga erishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Edge qanday bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek