Javohir Sindarov Bibisara Assaubayeva uchun transportni to‘xtatdi — video

27-sentabr 2026 11:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir Sindarov Bibisara Assaubayeva uchun trabnsportni to‘xtatdi — video
Foto: Assaubayeva / Instagram

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Samarqandda o‘tayotgan 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasida qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva uchun ishtirokchilarni tashuvchi baggini to‘xtatdi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Sindarov haydovchini to‘xtatgan

Almighty Instagram sahifasida e’lon qilingan videoda navbatdagi tur yakunidan keyingi holat aks etgan.

Kadrlarda bolalar Sindarov o‘tirgan transport vositasini o‘rab olgani ko‘rinadi. Shu paytda Assaubayeva o‘z joyiga o‘tira olmay qolgan, chunki uning o‘rnini bolalardan biri egallab turgan.

Baggi harakatlana boshlaganida Assaubayeva transportdan tashqarida qolib ketgan. Shunda Sindarov haydovchiga ovoz berib, transportni to‘xtatgan va Assaubayevani kutgan.

«Bibisarani kuting! Sindarov baggini to‘xtatdi», – deyiladi video izohida.

Sindarov va Assaubayeva munosabatlarini tasdiqlagan

Javohir Sindarov va Bibisara Assaubayeva 2026-yil bahorida o‘zaro munosabatlarini rasman tasdiqlagan edi. Bungacha ularning munosabatlari haqida «Da’vogarlar turniri» vaqtida mish-mishlar tarqalgan.

Hozir ikkala shaxmatchi ham Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston erkaklar jamoasi peshqadam

10-tur yakunlariga ko‘ra, Javohir Sindarov ishtirok etayotgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Javohir Sindarov qanday avtomobilda yurishi haqida yozgan edi.

Shuningdek