Samsung Galaxy S21 uchun oylik yangilanishlarni chiqarishni toʻxtatadi

4-fevral 2025 12:33 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Foto: SamMobile

Samsung tez orada Galaxy S21 smartfonlari uchun oylik xavfsizlik yangilanishlarini bekor qiladi. Kompaniyaning qaroriga ko‘ra, Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra modellari bundan buyon faqat har chorakda yangilanadi.

Shunga qaramay yaqin orada smartfonlari uzoq kutilgan Android 15 texnologiyasiga ega boʻladi. Kuzatuvchilarning fikricha, foydalanuvchilar jadval o‘zgarishidan oldin yana bir yoki ikki oylik xavfsizlik yangilanishini olishi mumkin. Shundan so‘ng Samsung qurilmalarni yiliga to‘rt marta yangilash tizimiga o‘tadi.

Biroq Galaxy S21 FE modeli hozircha oylik yangilanishlarni olishda davom etadi, chunki u seriyaning boshqa modellaridan bir yil keyin chiqarilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung’ning Galaxy S25 seriyasi barcha smartfonlari Wi-Fi 7 standartini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek