Vivo X200 Pro dunyodagi eng kuchli smartfon deb topildi

6-fevral 2025 10:21 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Vivo

AnTuTu joriy yilning yanvar oyi uchun dunyodagi eng kuchli smartfonlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini MediaTek Dimensity 9400 protsessoriga ega bo‘lgan Vivo X200 Pro egalladi. Shu tariqa bu model Qualcomm ustunligini buzgan yagona smartfon bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Snapdragon 8 Elite bilan jihozlangan OnePlus Ace5 Pro, uchinchi pog‘onani esa Red Magic 10 Pro+ egalladi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, eng kuchli 10 ta smartfon orasida faqat bitta o‘yin modeli – Red Magic 10 Pro+ mavjud, qolganlari oddiy flagmanlar bo‘lib, ular Snapdragon 8 Elite yoki Dimensity 9400 protsessorlarida ishlaydi. Shunday qilib, kuchli o‘nlik besh Mediatek va besh Qualcomm chipiga asoslangan modellardan iborat bo‘ldi.

Foto: AnTuTu

Vivo X200 Pro o‘zining texnik jihatlari bilan ajralib turadi. Smartfon 200 megapikselli Zeiss asosiy kamerasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu tasvir sifati bo‘yicha yangi yutuqlarga erishish imkonini beradi. Qurilmada 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator mavjud bo‘lib, u 90 Vt tezlikda quvvat oladi. Shuningdek, 16 GB tezkor xotira va 512 GB ichki xotira bilan ta’minlangan. Flagman qurilma IP68/IP69 himoya darajasiga ega bo‘lib, suv va changdan maksimal darajada himoyalangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra mustahkamligi sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek