![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-424.png)
Yangi iPhone SE 4 smartfoni haqidagi ilk jonli tasvirlar internetda paydo bo‘ldi. Majin Bu taxallusi ostidagi insayder ushbu modelning qadoqlangan va qo‘lda tutilgan yuqori sifatli suratlarini e’lon qildi.
Insayderning oldingi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iPhone SE 2025-yili 6,06 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Bu uning oldingi versiyasidan ancha katta ekanligini anglatadi. 2020-yilgi iPhone SE 4,7 dyuymli ekran bilan chiqqan edi. Shuningdek, iPhone SE 4 60 Gs chastotali OLED-displey, old panelda dizayn va yangi harakat tugmachasi bilan taqdim etiladi.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-432.png)
Bloomberg jurnalisti Mark Gurman avval Apple iPhone SE’ning yangi versiyasini shu hafta namoyish etishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi. Biroq taqdimot noma’lum sabablarga ko‘ra keyingi haftaga ko‘chirilgan.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-433.png)
Majin Bu insayder sifatida o‘zining ishonchli ma’lumotlari bilan tanilgan. U avvalroq iPad mini, iPhone 12 rang variantlari, iPhone 15’dagi nuqsonlar va iPhone 16 maketlari haqida aniq ma’lumotlarni oshkor qilgan edi. Yangi iPhone SE 4’ning rasmiy taqdimoti yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-434.png)
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Hindistonga iPhone eksportini oshirgani haqida xabar bergan edi.