Ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil aloqasiz qoldi

26-sentabr 2026 12:59 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil aloqasiz qoldi
Foto: Apple

AQShdagi ayrim iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilari mobil tarmoq bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Mydrivers xabariga ko‘ra, ayrim qurilmalarda qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish va mobil internetdan foydalanish imkoni yo‘qolgan.

Muammo, asosan, AT&T tarmog‘iga ulanish va eSIM’ni faollashtirish bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Shunga o‘xshash shikoyatlar Reddit hamda Apple qo‘llab-quvvatlash forumlarida ham paydo bo‘lgan.

Muammo Qualcomm modemiga bog‘liq bo‘lishi mumkin

AQSh bozori uchun chiqarilgan iPhone 18 Pro Max yangi avloddagi iPhone’lar orasida Qualcomm modemidan foydalanadigan yagona model ekani qayd etilgan.

AQShdagi iPhone 18 Pro va iPhone Duo modellarida Apple’ning C2 modemi qo‘llanilgan. Boshqa mamlakatlar uchun mo‘ljallangan iPhone 18 Pro Max versiyalarida ham C2 modemi ishlatiladi.

Shunga qaramay, aloqa muammosi bilan Qualcomm modemi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik hozircha tasdiqlanmagan.

Apple yangilanish tayyorlamoqda

Hozircha nosozlikning aniq sababi noma’lum. Muammo dasturiy ta’minot yoki operator sozlamalari bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Apple iOS 27.0.1 versiyasini sinovdan o‘tkazayotgani aytilmoqda. Yangilanish kelasi hafta tarqatilishi kutilmoqda.

Hozircha muammo AQShdagi iPhone 18 Pro Max foydalanuvchilarining faqat bir qismida kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 18 Pro Max smartfoni qanchalik tez qizishi haqida xabar berilgandi. Geekerwan kanali o‘tkazgan testlarda smartfon yuqori yuklama ostida kamroq qizigan.

Sinov davomida iPhone 18 Pro Max chipi 5,9 Vtgacha quvvat sarflagan. Bu ko‘rsatkich iPhone 17 Pro Max’dagi 5,4 Vtdan biroz yuqori. Shunga qaramay, yangi modelning harorati 44,3 darajada qolgan. Taqqoslash uchun, iPhone 17 Pro Max 45,2 darajagacha qizigan.

Shuningdek