iPhone 16e sotuvi sust boshlandi

4-mart 2025 18:24 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
iPhone 16e
iPhone 16e sotuvi sust boshlandi / Foto: Apple

Apple kompaniyasining yangi iPhone 16e modeli kutilganidek katta talabga ega bo‘lmadi. Bloomberg jurnalisti va taniqli insayder Mark Gurman ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi Apple do‘konlari ushbu smartfon uchun faqat bir necha o‘nlab oldindan buyurtmalar olgan. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

$600 narx bilan taqdim etilgan iPhone 16e ba’zi do‘konlarda sezilarli qiziqish uyg‘otmadi. Taqqoslash uchun, flagman iPhone modellariga buyurtmalar odatda har bir do‘kon uchun yuzlab yoki minglab nusxani tashkil qiladi.

«Men bog‘langan bir nechta Apple do‘konlari ishga tushirilgan kuni iPhone 16e uchun bir necha o‘nlab oldindan buyurtmalar olganini aytishdi. Yangi flagman iPhone’larga oldindan buyurtmalar sotuvga chiqarilgan kuni bir necha yuz yoki har bir do‘kon uchun 1000 dan ortiq bo‘lishi mumkin», – deb fikr bildirdi Mark Gurman.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan IPhone 16e boshqa modellar bilan taqqoslangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek