Yangilangan Hyundai Sonataning ko‘rinishi qanday

6-mart 2025 18:25 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Yangilangan Hyundai Sonataning ko‘rinishi qanday/ Foto: youtube.com/ KKSStudio

Hyundai Sonata’ning yangi versiyasini tayyorlamoqda va shuning uchun mutaxassislar allaqachon mashhur sedanning ko‘rinishini tasavvur qilmoqda. Koreyaning KKSStudio kompaniyasi dizaynerlarining fikricha, model o‘zining sport siluetini saqlab qoladi. Lekin u birinchi avlod Sonata Y1dan ilhomlangan retro elementlar bilan yanada burchakli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

2026-yilgi Hyundai Sonata uslubi 1985-yilda taqdim etilgan modelning birinchi avlodiga mos kelishi kutilmoqda. Nashr qilingan renderlarga ko‘ra, sedan katta yon panellar va burchakli profildan iborat bo‘ladi.

Hyundai Sonata Y1/ Foto: hyundai.com

LED chizig‘i , avtomobilning kengligini ta’kidlaydi. Salon zamonaviy eko-materiallar, shu jumladan, qayta ishlangan matolar va vegan teridan iborat. Yangi Hyundai Sonataning rasmiy texnik xususiyatlari uning debyutiga yaqinroq bo‘ladi. Ammo model brendning eng zamonaviy sedanlaridan biriga aylanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet 2026-yilgi Equinox narxlari va modellari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek