2024-yilda smart soatlarning global bozori yetti foizga pasaydi

12-mart 2025 13:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Smart soatlar savdosi
Oʻtgan yilda smart soatlar sotuvi tushib ketdi/ Foto: Pexels.com/ Torsten Dettloft

2024-yil oxiriga kelib smart soatlarning global bozori yetti foizga qisqardi. Bu haqda Counterpoint Research (CR) tahlilchilari ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu pasayish qurilmalarni yetkazib beruvchi bozor yetakchilaridan biri Apple kompaniyasining soatlari sotuvining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bozorga eng ko‘p qurilmalarni Apple, Huawei va Samsung yetkazib berdi, ularning ulushi mos ravishda 22 foiz, 13 foiz va 9 foizni tashkil etdi. Ulardan keyingi o‘rinlarda Xiaomi va iMoo joylashdi.

Yetkazib berish hajmi bo‘yicha eng katta yo‘qotish Apple kompaniyasida kuzatildi – Amerika gigantining yetkazib berish hajmi 19 foizga kamaydi. Eng sezilarli o‘sishga esa smart soatlar yetkazib berishni 135 foizga oshirgan Xiaomi erishdi.

Oʻtgan yili aqlli soatlarning asosiy bozori Hindistondan Xitoyga oʻzgardi. Mutaxassislarning fikricha, aqlli soatlar bozori 2025-yilda asta-sekin tiklanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Google Pixel 10 Pro XLʼning yuqori sifatli renderlarini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek