«Manchester Yunayted» 100 ming o‘ringa ega yangi stadion qurishni rejalashtirmoqda

12-mart 2025 14:13 eʼlon qilindi

(12-mart 2025 23:28 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Manchester Yunayted, stadion
«Manchester Yunayted» yangi stadion quradimi / Foto: Instagram/manchesterunited

«Manchester Yunayted» klubi Old Trafford hududida 100 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi stadion qurish rejasini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida malum qilindi.

Yangi stadion qurilishi bilan birga Old Trafford hududida keng ko‘lamli qayta qurish ishlari amalga oshiriladi. Bu esa Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga qo‘shimcha 7,3 mlrd funt sterling hissa qo‘shishi, 92 mingta yangi ish o‘rni yaratishi va 1,8 mln qo‘shimcha tomoshabinni jalb qilishi kutilmoqda.

new trafford
«Manchester Yunayted» yangi stadion quradimi Foto: Skrinshot «Manchester Yunayted» sahofasidan

Stadion loyihasi taniqli arxitektura firmasi Foster + Partners tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u 2 mlrd funt sterlingga baholanmoqda. Yangi stadion hozirgi Old Trafford yonida qurilishi rejalashtirilgan, bu esa stadionning tarixiy mohiyatini saqlab qolishga imkon beradi.

«Bugun biz dunyoning eng yaxshi futbol stadionini qurish yo‘lida juda hayajonli safarni boshlaymiz. Hozirgi stadionimiz 115 yil davomida bizga a’lo darajada xizmat qildi, ammo u dunyoning eng yaxshi sport arenalari bilan solishtirganda ortda qoldi. Yangi stadion nafaqat muxlislar uchun ajoyib tajriba yaratadi, balki Old Trafford hududining ijtimoiy va iqtisodiy yangilanishiga turtki beradi», – dedi klub hammuassisi Jim Ratkliff.

Yangi stadionning qurilishi 2030-2031-yilgi mavsumga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Real Madrid» ikkinchi marta o‘z stadioni nomini o‘zgartirishi haqida yozgandi.

Shuningdek