
Apple kompaniyasining 2023-yilda taqdim etilgan smartfonining narxi rekord darajada pastladi. Bu haqda Hi-Tech Mail.ru nashri xabar berdi.
2025-yil boshidan qurilma Rossiya bozorlarida $850 ga sotilgan boʻlsa, fevral oyi oxirida uning narxi $680 ga tushdi. Yilning dastlabki uch oyida uning bozorlardagi narxi 25 foizga arzonlagani aytilmoqda.
Model Xitoy bozorida ham taxminan $670 dan sotilmoqda. Iphone 15 narxlaridagi pasayish Markaziy Osiyo bozoriga ham ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Apple menyular va piktogrammalarni tubdan qayta loyihalashtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.