Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari O‘zbekistonda qancha

20-mart 2025 18:39 eʼlon qilindi

(21-mart 2025 02:06 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
xiaomi 15 ultra
Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari qancha / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi o‘z lineykasi doirasida yangi smartfonlarini taqdim etishda davom etmoqda. Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari qancha turadi? Kursiv Uzbekistan muxbiri ularning narxlari bilan qiziqib ko’rdi.

Foydalanuvchilar tomonidan juda yaxshi kutib olingan Xiaomi 15 Ultra modeli O‘zbekistonda ham sotila boshlandi. Umuman olganda kompaniyaning Xiaomi, Redmi va Poco lineykalari mavjud. Siz bu maqoladan ularning hozirdagi narxlarini bilib olishingiz mumkin.

Bu maqolada qaysi modellar haqida bilib olasiz

Xiaomi 15 va 15 Ultra

2-mart kuni Xiaomi o‘zining eng so‘nggi flagman smartfonini taqdim etgan edi. Xiaomi 15 va 15 Ultra Xitoy texnologiya kompaniyasining eng yangi smartfonlari bo‘lib, ular eng so‘nggi chiplar va kuchaytirilgan kameralarga ega. Ushbu model O’zbekistonga yetib kelgan va tadbirkorlar savdolarni boshlab yuborishgan.

Olx e’lonlar tarmog’ida siz Xiaomi 15 Ultra’ning narxini $1080dan $1280gacha topishingiz mumkin.

Bundan tashqari rasmiy kafolat bilan Mi store onlayn magazini orqali 16,2 mlnga xarid qilish imkoniyati bor.

Kursiv Uzbekistan bu gal Abu Saxiy bozoridagi ulgurji narxlar bilan tanishdi.

Xiaomi lineykasining Abu Saxiydagi narxlari

Tadbirkorlarning aytishicha, bu turdagi smartfonlar ichida foydalanuvchilar ko’proq Xiaomi 14T pro smartfonini xarid qilishmoqda.

xiaomi 14t pro
Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari qancha / Foto: Olx

Redmi

Xiaomi kompaniyasiga tegishli Redmi brendining smartfonlari O‘zbekiston aholisi o‘rtasida juda mashhur. Tadbirkorlarning ma’lum qilishicha bu lineykada eng ko’p Redmi Note 14 pro va Redmi 14C modellari xarid qilinmoqda. Sababi ularning narxlari hamyonbop va o’z sinfi doirasida yetakchi ekanligini ta’kidlashdi.

xiaomi note 14 pro
Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari qancha / Foto: Olx

Redmi lineykasining Abu Saxiydagi narxlari

Poco

Poco brendining smartfonlari boshqalardan ko’ra, batareyaning hajmi va chidamliligi hamda baquvvat korpusi bilan ajralib turadi.

«Aholi orasida Poco X6 pro va Poco M6 pro modellari ko‘proq xarid qilinmoqda», – deydi Abu saxiy majmuasida savdo qiladigan tadbirkorlardan biri.

poco x6 pro
Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari qancha / Foto: Olx

Sotuvchilarning ta’kidlashicha, Poco’ning eng yangi modeli Poco X7 pro modeli ham juda yaxshi xarid qilinayapti. Biroq bu smartfon hali yangi va sinab ko’rilmagani tufayli hozircha Poco X6 pro modelini quvib o’tganicha yo’q.

poco x7 pro
Xiaomi’ning eng yangi smartfonlari narxlari qancha / Foto: Olx

Poco lineykasining Abu saxiydagi narxlari

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda Samsung’ning eng yangi modellari narxi qanchaligi haqida Malika bozori va onlayn platformalardan surishtirib maqola chop etgan edi.

Shuningdek