Chery Jetour X70 PLUS Champion Edition krossoverining sotuvga chiqarilishi boshlandi – foto

23-mart 2025 16:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chery Jetour X70 PLUS Champion Edition
Chery Jetour X70 PLUS Champion Edition 2025 krossoverining sotuvga chiqarilishi boshlandi / Foto: Authome

Chery kompaniyasiga qarashli Jetour brendi 2025-yilda chiqarilgan yangi Jetour X70 PLUS Champion Edition modelini taqdim etdi. Ushbu 7 oʻrindiqli krossoverning narxi $15,5 mingdan boshlanadi.

Jetour X70 PLUS Champion Edition dizayni oʻtgan yilgi modelga oʻxshash. Ammo ushbu versiya ba’zi yangilanishlarga ega. Krossoverning old qismi radiator panjarasi va toʻrt chiqish quvurlari bilan ajralib turadi. Mashinaning oʻlchami 4749 × 1900 × 1720 mmni tashkil etadi. Oʻrindiqlar oraligʻi 2745 mm masofadan iborat.

Chery Jetour X70 PLUS Champion Edition 2025 krossoverining sotuvga chiqarilishi boshlandi / Foto: Authome

Ichki qismining dizayni ham yangilangan. U yumshoq plastik va xromlangan qismlar bilan bezatilgan.

Jetour X70 PLUS Champion Edition 1,5 litrli turbo-motor bilan jihozlangan boʻlib, 156 ot kuchiga ega. Unda 6 pogʻonali robotizatsiya qilingan uzatish qutisi mavjud.

Chery Jetour X70 PLUS Champion Edition 2025 krossoverining sotuvga chiqarilishi boshlandi / Foto: Authome

Ushbu model Xitoyda sotuvga chiqarilgan boʻlib, 2025-yilda dunyoning boshqa bozorlariga ham kirib borishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyda Chery Arrizo 8 PRO sedanining sotuvga chiqarilishi boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek