
Flashscore portali «Arsenal» va «Mançester Siti» örtasidagi 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlangan uçraşuvda özbekistonlik markaziy himoyaçi Abduqodir Husanovning harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi. Bu «şaharliklar» himoya çiziği vakillari orasidagi eng yuqori körsatkiç böldi.
Uçraşuvda «Mançester Siti» safida gollarga Erling Holand va Enso Fernandes, «Arsenal» tarkibida esa Kay Haverts hamda Yurrien Timber mualliflik qildi. Abduqodir Husanov maydonda töliq 90 daqiqa harakat qildi.
Himoyadagi işonçli öyin va «sönggi umid» podkati
Özbekistonlik futbolçi bahs davomida raqibning xavfli hujumini töxtatib, «sönggi umid» podkatini amalga oşirdi. U jami 6 ta yakkakuraşning 4 tasida (67 foiz) ğolib çiqdi.

Jumladan, yerda keçgan 4 ta kuraşning 3 tasida, havodagi 2 ta yakkakuraşning esa 1 tasida ustun keldi. Husanov 3 ta podkatdan 2 tasini muvaffaqiyatli bajardi va biror marta ham raqiblar tomonidan aldab ötilmadi.
Şuningdek, himoyaçi hisobida 5 marta töpni xavfli hududdan uzoqlaştiriş, 2 marta töpni egallab oliş va 1 marta pasni öqib töxtatiş qayd etildi. U butun öyin davomida atigi 1 marta qöpollik işlatdi.
Uzatmalar aniqligi va töp bilan muomala
Husanov hujumlarni boşlaşda ham aniqlik körsatdi. U jami 44 marta töpga tegindi va 32 ta uzatmadan 28 tasini (88 foiz) jamoadoşlariga aniq yetkazib berdi.
Futbolçi oldingi çiziqqa yöllagan 2 ta uzatmasidan 1 tasida (50 foiz) hamda raqib darvozasi yaqinidagi uçinçi hududga oşirgan 2 ta pasidan 1 tasida (50 foiz) aniq harakat qildi. Uzoq masofaga yöllangan 2 ta uzatma esa manzilga yetib bormadi.
Jamoadoşlarining baholari
«Mançester Siti»ning boşqa himoyaçilaridan Yoşko Gvardiol 6,9 ball, Mark Gexi 6,6 ball va Mateuş Nuneş 6,2 ballga loyiq körildi. Jamoa tarkibida eng yuqori bahoni 7,7 ball bilan Erling Holand oldi.
Avvalroq Kursiv naşri Şomurodovning goli Turkiyada eng çiroyli deb topilgani haqida xabar bergan edi.