
We Global Football portali Jahon chempionati saralashining 8-turidan keyin jamoalar imkoniyatlarini baholab, Oʻzbekiston terma jamoasining final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish ehtimolini 96 foiz deb baholadi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining guruhda 1-oʻrinni egallash ehtimoli 3,1 foizni, ikkinchi oʻrin uchun imkoniyati esa 92,9 foizni tashkil qilmoqda. Saralashning 7-turidan keyin bu koʻrsatkich 92,6 foiz edi.

Shuningdek, portalning taxminlariga koʻra, Oʻzbekiston saralash yakuniga koʻra 21 ochko jamgʻarishi mumkin, BAA esa 15 ochko toʻplashi kutilmoqda. Bu esa Oʻzbekistonning BAA bilan durang oʻynashini va Qatarni oʻz maydonida magʻlub etishini anglatadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi «JCH – 2026» saralashining navbatdagi bahsini 5-iyun kuni BAAga qarshi safarda oʻtkazadi, soʻnggi turda esa 10-iyun kuni Qatarni qabul qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Eron bilan durang oʻynagani haqida xabar bergan edi.