Huawei arzon segment uchun Enjoy 80 modelini chiqardi

22-aprel 2025 12:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Huawei Enjoy 80 smartfoni taqdim etildi / Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi tomonidan yangi Huawei Enjoy 80 smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Qurilma 6,67 dyuymli, 90 Gts yangilanish chastotasiga ega LCD ekran, 6620 mA·soat sig‘imli akkumulyator va 40 Vt tezkor zaryadlash funksiyasi bilan jihozlangan. Asosiy kamera 50 MP, old kamera esa 8 MP ni tashkil qiladi.

Enjoy 80
Foto: Huawei

Smartfon «Enjoy X» nomli maxsus tugma, yon tomondagi barmoq izi skaneri va «Xuanjia» arxitekturasi asosida yaratilgan ikki tomonlama korpus mustahkamlovchi dizayn bilan ajralib turadi. Qurilma 8,25 mm qalinlikda bo‘lib, 203 gramm vaznga ega.

Enjoy 80
Foto: Huawei

Model 1199 yuan ($165) narxda sotuvga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei kompaniyasi CloudMatrix 384 Supernode nomli yangi superkompyuterini e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek